AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda fuqaro 600 dona pirotexnika vositasini o`z ixtiyori bilan topshirdi

'Qoraqalpog`istonda fuqaro 600 dona pirotexnika vositasini o`z ixtiyori bilan topshirdi'ning rasmi

Joriy yilning 1 dekabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV PPX va JTSB xodimlari tomonidan Nukus shahridagi A.Dosnazarov ko`chasi bo`yida o`zlarining belgilangan hududida xizmat olib borayotgan vaqtida fuqaro B.Kning xatti-harakatlaridan gumon qilinib surishtiruv ishlari olib borilganda fuqaro B.K PPX va JTSB xodimlarga 1 quti ichida 10 qutida jami 600 (olti yuz) dona «Britanik» nomli pirotexnika vositasini o`z ixtiyori bilan xodimlariga topshirgan. Bu haqda Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV Axbrot xizmati xabar berdi. 

"Shuni aytish lozimki, yangi yil bayrami arafasida pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik sodir bo`ladigan ko`plab noxushliklarning oldini oladi. Bunda huquq-tartibot idoralari xodimlari qatorida har bir ota-ona, mahalla-ko`y, ta`lim muassasalari mutasaddilari birdek mas`ul",–deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar