Joriy yilning 12-15 dekabrda O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, so`ngra Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi.
12-14 dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qorga aylanadi) bo`ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Tog` va tog` oldi tumanlarda 12-13 dekabr kunlari yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) kuzatiladi, ayrim hududlarda kuchli yog`ingarchilik kutilmoqda. Shuningdek, ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublika bo`yicha havo haroratini me`yordan 8-10 darajaga pasayishi kutilmoqda.
13-15 dekabr kunlari havo harorati kechalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, shimolda kechalari 7-12 daraja sovuq, ba`zi joylarda 14-16 daraja sovuq, kunduz kunlari 3 daraja sovuq 2 daraja iliq bo`ladi.
Xabarda aytilishicha, 12 dekabr soat 20 dan – 13 dekabr soat 20 gacha:
TOShKENT ShAHRI
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, kechga tomon yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4° iliq, kunduzi 5-7° iliq bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq bo`ladi.
XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir qorga aylanadi) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir qorga aylanadi) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir qorga aylanadi) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.






