AsosiyDunyo

Koronavirusni ko`rsatib turuvchi himoya niqobi ishlab chiqildi

'Koronavirusni ko`rsatib turuvchi himoya niqobi ishlab chiqildi'ning rasmi

Yaponiyada Kioto prefekturasi universiteti olimlari sirtida koronavirus izlari borligini ko`rsatuvchi antiqa himoya niqobini ishlab chiqdi.

Bu haqda Kyodo agentligi xabar bermoqda.

Aytishlaricha, niqobga koronavirus tushgan bo`lsa, u ultrabinafsha nur ostida yorug`lashadi va infeksiyani yuqtirgan kishi yaqqol ajralib turadi.

Manbaning xabar berishicha, olimlar bunga niqobni maxsus yorug`lik tarqatuvchi bo`yoq bilan ishlov bergan. Bo`yoq tarkibida tuyaqush tuxumidan olingan antitanachalar bor bo`lib, ular koronavirusga ta`sir ko`rsatadi.

- Biz tuyaqush tuxumlaridan arzon narxda ko`p miqdorda antitanachalar olishimiz mumkin. Kelgusida men buni har kim foydalana oladigan testlar to`plamiga aylantirmoqchiman, - deydi olimlar guruhi rahbari Yasuxiro Sukamoto.

Niqobni sinovdan o`tkazish jarayonida koronavirusni yuqtirgan 32 nafar bemor ishtirok etgan. Ular taqqan niqoblarning barchasi ultrabinafsha nur ostida yorug`lik tarqatgan.

Ma`lumot o`rnida, Sukamoto jamoasi 150 nafar bemorni jalb qilgan holda, sinovlarni yanada kengroq o`tkazishni rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar