9 dekabr kuni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O`zbekistonga mamlakatdagi kichik va o`rta biznes sohasiga qulay muhit yaratish bo`yicha o`zgarishlarni qo`llab-quvvatlash uchun uchun 100 mln dollarlik kreditni ajratishni ma`qulladi. Bu haqda Tarjumon yozmoqda.
Kredit OTBning Kichik va o`rta biznesni rivojlantirish dasturining birinchi kichik qismini moliyalashtirishga yo`naltiriladi. 20 mln dollar ekvivalentidagi mablag` esa so`mda taqdim etiladi.
«Ushbu dastur OTBning O`zbekistondagi kichik va o`rta biznesni ko`p yillik qo`llab-quvvatlashiga asoslanadi va bu korxonalar uchun qulay muhitni yaxshilashga yordam beradi hamda ularga xususiy sektor boshchiligidagi diversifikasiyalangan o`sishning drayveriga aylanish imkonini beradi», — dedi OTBning Markaziy va G`arbiy Osiyo bo`yicha bosh direktori Evgeniy Jukov.






