Prezident qaroriga asosan Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti “Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti deb qayta nomlandi. Qaror matni "O`zA"da e`lon qilindi.
Qarorga muvofiq Universitet faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha boshqaruv kengashi tashkil etildi va universitetning moliyaviy hamda boshqa strategik masalalarini hal qilish vakolati mazkur kengashga berildi.
Boshqaruv kengashiga Bosh vazir o`rinbosari — investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov rahbarlik qiladi.
Shuningdek, universitetda Transformasiya ofisi ham ta`sis etilmoqda.






