AsosiyJamiyat

Andijon davlat universitetining 4-qavatidan tushib ketgan ayol vafot etgani xabar qilindi

'Andijon davlat universitetining 4-qavatidan tushib ketgan ayol vafot etgani xabar qilindi'ning rasmi

Avvalroq, Andijon davlat universitetining "Tarix binosi"ning to`rtinchi qavatidan ayol kishi tushib ketgani ma`lum qilingandi.

Hodisa tafsilotiga ko`ra, 2021 yilning 4 dekabr kuni Andijon davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining amaliy psixologiya yo`nalishi 2-bosqich talabalarining ota-onalari uchun majlis o`tkazilgan. Majlis universitetning tarix fakulteti binosining 4-qavatida joylashgan kichik majlislar zalida bo`lib o`tgan.

Unda ishtirok etgan talabalardan birining kelinoyisi yig`ilishdan chiqib, telefonda yaqinlari bilan suhbatlashish davomida qurilish bo`layotgan hududni anglatuvchi to`siqlarga ahamiyat bermasdan, zinapoyaga yurishi natijasida tushib ketgan.

Ayni paytda “Daryo” nashrining ma`lum qilinishicha, ayol 9 dekabr kuni vafot etgan.

Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon viloyati filiali reanimasiya bo`limida ishlovchi, ismi sir qolishini so`ragan xodimlaridan biri ushbu ma`lumotni tasdiqlagan. Ta`kidlanishicha, ayol og`ir tan jarohatlari natijasida ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 9 dekabr kuni vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar