AsosiyMadaniyat

Sankt Peterburgda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlandi

'Sankt Peterburgda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlandi'ning rasmi

Bundan roppas rosa 80 yil muqaddam, 1941 yil 10 dekabrda  Sankt Peterburg (oldingi Leningrad) eng og`ir qamal kunlarini boshidan kechirayotgan edi. Fashistlar shaharni damba dam to`pga tutishar, bomba yog`dirishar, har daqiqada ochlik va hujum sababli o`nlab insonlar o`limga ro`baru kelardi. Ana shunday bir paytda buyuk mutafakkir navoiy tavalludining 500 yilligi Ermitaj erto`lasida o`tkazilgan. Unda L.Orbeli, N.Konrad, E.Bertels, B.Piotrovskiy. I.Krachkovskiy, V,Rojdestvenskiy     singari buyuk  olimlar va adiblar ishtirok etishgan.

Kuni kecha  Rossiya fanlar akademiyasi sharq qo`lyozmalari institut i, Rossiya Milliy kutubxonasi va Davlat Ermmitajida Alisher Navoiyning 580 yilligi hamda  ushbu voqeaga 80 yil to`lishi munosabati  bilan ilmiy madaniy tadbirlar o`tkazildi.  Mazkur tadbirning mohiyatin xususida Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov bilan suhbatlashdik.

Firdavs Fridunovich, ushbu tadbir nima uchun aynan Sankt Peterburgda va aynan bugun, 10 dekabr kuni o`tkazilmoqda?

- Xabaringiz bor, muhtaram Prezidentimiz Shavkar Mirziyoevning 2020 yil 19 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanmoqda. Mamlakatimizda va xorijda shoir yubileyiga bag`ishlangan tadbirlar o`tkazilmoqda. Buyuk bobomizning asarlari nashr qilinmoqda.

Bugungi tadbir ham aynan ushbu  tashabbusi doirasida  o`tkazilmoqda. Albatta Sankt Peterburg navoiyshunoslikning muhim markazlaridan biri deyish mumkin. Hatto Ikkinchi jaxon urushi davrida ham Navoiy siymosiga, uning boy merosiga bo`lgan munosabat, e`tibor va ehtirom yo`qolmagan. Buni  biz qamal sharoitida o`tgan navoiyxonlik tadbiri misolida ham ko`rishimiz mumkin.  Unda L.Orbeli, N.Konrad, E.Bertels, B.Piotrovskiy. I.Krachkovskiy, V,Rojdestvenskiy   singari buyuk  olimlar va adiblar ishtirok etishgan. Ushbu tadbirda mashhur sharqshunos olim Levon Orbeli shunday degandi. “Bugun juda murakkab bir paytda Navoiy tavadhldduni nishonlaypmiz. Dushmanlar shaharni majolsiz va jonsiz deb o`ylayotgan bir paytda bu tadbirning o`tayotgani xalqning mardona ruhidan, uning bukilmas irodasidan djarak beradiyu. G`alabadan so`ng biz Navoiy tavalludini albatta katta tantanalar bilan nishonlaymiz. Ammo dushman zambaraklari ostida o`tayotgan bu tadbir inson xotirasida abadiy qoladi. She`riyatni hech qanday kuch mag`lumb etolmaydi. Har qanday qiyin sharoitda xam u insonlarni o`ziga maftun etaveradi”.

Tasavvur qiling ana shunday murakkab, dahshatli kunlarda, ochlik va o`lim xavfi butun shaharni iskanjaga olgan bir paytda sankt peterburlik olimlar Navoiy tavalludini nishonlashgan. Orbeli nutq so`zayotganda ikki marta kuchli portlash yuz beradi, hamma derazaga qaradi. Fashistlarning ikkita bomchasi Neva daryosiga kelib tushgandi. Ammo shunga qaramasdan odamlar yig`ilishni tark etishmaydi, she`rxonlik davvom etadi. Axir bu chinakam jasorat emasmi?

Bugun har ikki sana munosabati bilan o`zbek va rus olimlari Sankt Peterburgda to`planib, buyuk shoir hayoti va ijodi, navoiy  shunoslar jasorati, mumtoz adabiyotni tadqiq etishdagi Yangicha yondashuvlar haqida so`z yuritiladi.

Tadbirda yurtimizdan O`zbekiston Qahramonlari Ibrohim G`afurov va Munojot Yo`lchieva, taniqli adabiyotshunos olimlar Shuhrat Sirojiddinov, Sultonmurod Olim, Aftondil Erkinov, Burobiya rajabova, Olimjon Davlat, Rossiya tomonidan Mixail Piotrovskiy, Irina Popova, Olga Vasimleva   va boshqalar ishtirok etishdi.

Sizningcha ushbu tadbirning ahamiti nimadan iborat?

- O`zbekiston madaniy merosi bepoyon ummonga o`xshaydi. Dunyoning istalgan burchagida O`zbekistonga oid osori atiqalarni topish mumkin. Butunjahon jamiyati tomonidan chlp etilayotgan “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” kitob albomlarida  ham ana shu cheksiz xazinani tadqiq etishga harakat qilyapmiz. Bugungi tadbirlar doirasida ana shu to`plamlarning dastlabki 35 jildi Rossiya fanlar akademiyasining sharq qo`lyozmalari institutiga taqdim etilmoqda. Ular orasida Alisher navoiy qo`lyozmalariga bag`ishlangan.

Tadbirdan ko`zda tutilgan asosiy maqsad esa, ana shu merosning ahamiyatini yana bir karra namoyish qilishdan iborat. Olimlarimiz rossiyalmik hamkasblari bilan tanishib, tajriba almashishdi, Sankt Peterburgdagi nodir qo`lyozmalar haqida ma`lumot olishdi, shu bilan birga bugungi Rossiyada Navoiy merosini o`rganish bo`yicha qilinayotgan ishlar haqida  tushunchaga ega bo`ldik.

Bu esa ikki mamlakat o`rtasidagi ilmiy aloqalar, jumladan Sharq qo`lyozmalarin tadqiq etishdagi hamkorlikni rivojlantirishda muhmim o`rin tutadi. Fursatdan foydanib, avvalo O`zbekiston hukumatiga, hamkor tashkilotlarga, Shuningdek Ermitaj, Rossiya Milliy kutubxonasi, Shaqr qo`lyozmalari instituti rahbariyatiga o`z minnatdorligimni bildiraman.

    Boshqa yangiliklar