AsosiyJamiyat

Tumanlararo endokrinologiya bo`linmalari 29 tadan 50 taga ko`paytiriladi — Prezident

'Tumanlararo endokrinologiya bo`linmalari 29 tadan 50 taga ko`paytiriladi — Prezident'ning rasmi

Davlat rahbarining davom etayotgan videoselektor yig`ilishida kelgusi yilda tumanlararo endokrinologiya bo`linmalari 29 tadan 50 taga ko`paytirilishi ta`kidlandi.

Viloyat ixtisoslashgan filiallarni 80 milliard so`mlik zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash hisobiga xizmatlar soni 15 tadan 40 tagacha etkaziladi.

Yig`ilishda Toshkentdagi 3 ta hamda Nukus, Andijon, Buxoro, Samarqand, Farg`ona, Urganch tibbiyot oliygohlarining endokrinologiya kafedralarini pastga tushirish zarurligi qayd etildi. Kelgusi yil 1 iyulga qadar birlamchi bo`g`in uchun zarur bo`lgan 400 nafar mutaxassisni qayta tayyorlash vazifasi qo`yildi.

Yangi ko`p tarmoqli endokrinologiya markazida 20 dan ziyod yuqori texnologik amaliyotlar yo`lga qo`yiladi. Bunda, gormonal va mineral buzilishlar (osteoporoz), endokrin ginekologiya, reproduktiv, onko-, neyro- va oftalmo-endokrinologiya, nefrologiya, kardio-diabet va intervension xirurgiya kabi yo`nalishlar tashkil etiladi.

Rossiya va Evropaning nufuzli tibbiyot tashkilotlarida har yili kamida 50 nafar shifokor malakasini oshirishni ta`minlashga topshiriq berildi.

Umuman, markaz o`z yo`nalishida ilmiy-innovasion muassasaga aylantiriladi, doktoranturaga kvotalari 2 baravarga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar