AsosiyJamiyat

2022 yildan 40 yoshdan oshgan barcha aholi yiliga kamida bir marta manzilli endokrin skriningdan o`tkaziladi

'2022 yildan 40 yoshdan oshgan barcha aholi yiliga kamida bir marta manzilli endokrin skriningdan o`tkaziladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida endokrin kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig`ilishi boshlandi.

Prezident Matbuot kotibining ma`lum qilishicha, yig`ilishda davlat rahbari endokrinologiya xizmatini takomillashtirish bo`yicha ko`riladigan birinchi galdagi chora-tadbirlarni belgilab bergan. 

Bular:

- kelgusi yildan 40 yoshdan oshgan barcha aholi (10 million nafar) yiliga kamida bir marta manzilli endokrin skriningdan o`tkaziladi;

- tibbiyot brigadalari va poliklinikalarning 14 mingdan ziyod oilaviy va ta`lim muassasalari shifokorlari endokrin kasalliklarni aniqlash va birlamchi yordam ko`rsatishga o`qitiladi;

- har bir tibbiyot brigadasi ekspress-testlar o`tkazish uchun glyukometr bilan ta`minlanadi;

- Endokrin kasalliklar aniqlangan aholining yagona elektron reestri ishga tushiriladi;

- kelgusi yil 1 iyuldan 2 million nafar ayollar, 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan bepul ta`minlanadi;

- qandli diabet uchun metformin preparati 200 mingdan ziyod ehtiyojmand aholiga bepul tarqatiladi;

- bolalar va kattalarni odam insulini bilan bepul ta`minlash dasturi davom ettiriladi. Bunda ilk bor 25 yoshgacha bo`lgan yoshlarga analogli insulin beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar