Namangan viloyatida o`quvchi qiz o`g`rilikka qo`l urdi. Bu haqda viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 5 dekabr` kuni, Pop tumanida yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 4 dekabr` kuni soat 12:15 larda noma`lum shaxs, Pop shahrida joylashgan savdo do`konidan jami 570.000 so`mlik ayollar parfyumeriyalarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.
Pop tuman IIB HPMB profilaktika inspektori va Pop tuman IIB huzuridagi TB tergovchisi, JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Pop tumanida yashovchi, tumandagi maktabning 9-sinf o`quvchisi, 2006 yilda tug`ilgan qiz sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo`yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 5 dekar` kuni O`z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






