Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 565-moddasiga o`zgartish va qo`shimcha kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi xalq vakillari tomonidan birinchi o`qishda ko`rib chiqildi Bu haqda quyi palata Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur qonun loyihasi bilan avtomototransport vositalari elektron savdo platformasi orqali ijaraga berilganda, shartnomani notarial tartibda tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda. Bu kabi shartnomalar oddiy yozma shaklda tuzilishi mumkinligi belgilab berilmoqda.
Deputatlar ta`kidlashicha, qonun loyihasi qabul qilinishi bilan avtomototransport vositalarini ijaraga berish bilan bog`liq munosabatlar engillashadi, ijara bozori rivojlanadi. Shuningdek, avtomototransport vositalarini ijaraga berish sohasida aholi va tadbirkorlik sub`ektlarining ortiqcha ovoragarchiligining oldi olinadi.






