Meksikaning Chiapas shtatida 9 dekabr payshanba kuni yuzdan ortiq muhojirni olib ketayotgan tirkamali yuk mashinasi halokatga uchradi. Bu haqda xorijiy OAV ga asoslanib Zamon.uz xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, yuk mashinasida aksariyati Gvatemala aholisi bo`lgan noqonuniy muhojirlar to`plangan. Avtoulovning tayanch devorga urilib, ag`darilib ketishi oqibatida uch nafar bemorning ahvoli og`ir.
Bundan tashqari, qutqaruv xizmati fojiaga 2 ta yuk mashinasining to`qnashuvi sabab bo`lganini, shundan so`ng ulardan biri devorga urilganini ma`lum qilgan.
Ma`lumot uchun: Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes mamlakat janubidagi yirik avtohalokatga o`z fikrini bildirib, jabrlanganlarga barcha zarur yordam ko`rsatish topshirig`ini bergan.
Hozirda holat yuzasidan barcha tafsilotlar aniqlanmoqda.






