Bipasha va Karan 2015 yilda suratga olingan “Yolg`izlikda” filmi s`yomkalari jarayonida tanishishgan. Ular avvaliga o`rtalaridagi ishqiy munosabatlarni ommadan berkitishgan, ammo paparassi ularning birgalikda sayr qilayotganlarini suratga tushirgan. Juftlik to`g`risida Karanning onasi ma`lumot bergandan keyingina aktyorlar o`rtalaridagi ishqiy munosabatni tan olishdi.

Juftlik bir necha bosqichdan iborat hind an`analari aks etgan to`yni nishonlashdi. To`yning bunday bosqichlaridan biri bo`lmish Mexendi 28 aprel kuni Juxudagi “Villa 69” nomli qishloqda bo`lib o`tdi. Ertasi kuni Bipashaning Bandra shahridagi qarorgohida bengalcha tantana o`tkazildi. Shu kuni kechqurun Mumbay shahrida katta, asosiy to`y tantanasi bo`lib o`tdi. To`yda Bollivudning barcha aktyor va aktrisalari qatnashdi.

Qiziq fakt: To`yda Bipashaning sobiq sevgilisi Dino Moreaning ma`shuqasi Nadtita Mantani tashkilotchilik qildi. Mana buni tasodif desa bo`ladi!

Karanning Bipashaga muhabbat izhor qilib, kelinning hovlisiga o`rnatilgan batutda sakrashlari kechaning eng esda qolarli voqeasi bo`ldi.






