O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 10 dekabr kuni Oliy Evroosiyo iqtisodiy kengashining videoanjuman shaklida o`tkaziladigan navbatdagi yig`ilishida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev raisligida o`tadi. Rossiya, Belarus, Qirg`iziston va Armaniston, shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat – Kuba etakchilarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Sammit kun tartibiga muvofiq, EOII doirasidagi integrasiya jarayonlarini kengaytirish va ushbu ko`p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari ko`rib chiqiladi.
Ta`kidlash joizki, o`tgan yil dekabr oyidan buyon O`zbekiston Evroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi hisoblanadi.






