Turkiyalik taniqli qo`shiqchi Tarkan bo`ydoqlik bilan xayrlashdi, deb yozadi “1news.az”.
Tarkan va uning sevgilisi Pinar Dilek qonunan nikohdan o`tdi. Ularning nikoh marosimi Istanbul shahridagi yirik villalardan biridagi bog`da bo`lib o`tdi.
Tarkan o`zining ashaddiy muxlisasi Pinar Dilek ismli qiz bilan Germaniyadagi konsert dasturida tanishgan edi.
Nikoh marosimida ikki yoshning eng yaqin qarindoshlari va do`stlari ishtirok etdi. Dabdali to`y marosimi esa yaqin kunlarda bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.





