AsosiyJamiyat

Namanganda bo`sh ish o`rinlari uchun tanlov o`tkazilmoqda

'Namanganda bo`sh ish o`rinlari uchun tanlov o`tkazilmoqda'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Namangan viloyati filialida Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahri, Tula, Moskva viloyatlari va Amur o`lkasidagi qurilish ob`ektlarida ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun tanlov o`tkazildi.

Tanlovda xorijga chiqish pasportigi ega nomzodlar kasbiy malaka va rus tilini bilish darajasiga ko`ra suhbat asosida ish beruvchi vakillari tomonidan tanlab olinmoqda.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o`tib, tibbiy ko`rik natijalari ijobiy chiqqan fuqarolar ushbu davlatga ishlash uchun jo`natiladi.

Tanlov 10-11 dekabr kunlari ham bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar