AsosiyJamiyat

Buxorolik qarzdorning yashirib qo`ygan yuk mashinasi Toshkent viloyatidan topildi

'Buxorolik qarzdorning yashirib qo`ygan yuk mashinasi Toshkent viloyatidan topildi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Buxoro tumani bo`limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro tumanlararo sudining 2021 yil 17 iyundagi “SHoxijahon SH.J.B” xususiy korxonasidan undiruvchi AT “Xalqbanki” Gala Osiyo filiali foydasiga 829,3 mln. so`m kredit qarz va 33,1 mln. so`m davlat bojini undirish to`g`risida ijro hujjati kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.  

Qarzdor qarzdorlikni belgilangan muddatda ixtiyoriy to`lab berishi haqida ogohlantirilgan bo`lishiga qaramasdan, to`lamasdan kelgan. Davlat ijrochisi tomonidan xususiy korxonaga tegishli “Sinotruk HOWO” yuk avtomashinasi mavjudligi aniqlanib, avtomashinaga nisbatan qidiruv e`lon qilindi. Qidiruv tadbirlari natijasida “Sinotruk HOWO” yuk avtomashinasi Toshkent viloyatidan topilib, xatlandi va jarima maydonchasiga joylashtirildi.  

Endilikda yuk avtomashinasi baholanib, “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarilmoqda. Endilikda sotuvdan tushgan pullar qarzdorlikni qoplashga qaratiladi.

 

    Boshqa yangiliklar