Shveysariya parlamenti tashqi ishlar vaziri Inyasio Kassisni mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi. Bu haqda "Associated Press"ga asoslanib, "interfax.ru" xabar bermoqda.
Shu tariqa, 60 yoshli Kassis 2022 yilning 1 yanvaridan Gi Parmelend o`rnini egallaydi. Ma`lum qilinishicha, uning tayinlanishi ko`proq rasmiyatchilik edi, chunki u o`tgan yili vise-prezident etib saylangan.
Tartibga ko`ra, Shveysariyada prezident Federal Kengash a`zolari orasidan bir yil muddatga saylanadi. U davlat rahbari emas, chunki bu vazifani butun Federal Kengash bajaradi. Shu bilan birga, prezident ikkinchi muddatga qayta saylanish huquqiga ega emas: vakolat muddati tugagach, u avval rahbarlik qilgan vazirlikdagi ishiga qaytadi.
Ma`lumot uchun: Inyasio Kassis malakasi bo`yicha shifokor, Shveysariya Milliy Kengashi a`zosi va Shveysariya Tibbiyot Assosiasiyasi vise-prezidenti bo`lgan. U 2017 yilda mamlakat Tashqi ishlar vazirligini boshqargan.






