Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan 6-8 dekabr kunlari Qozog`istonda “O`zbek kino kunlari” bo`lib o`tdi.
Unda Hilol Nasimovning “Meros”, Jahongir Qosimovning “Ibrat”, Rashid Malikovning "Tutqunlik" filmlarining maxsus namoyishlari bo`lib o`tdi. O`zbek delegasiyasining Qozog`istonga tashrifi davomida Qozog`iston axborot va aloqa vaziri o`rtasida memorandum imzolandi.
Qozog`iston telekanallarida "Ilxaq" va "Alisher Navoiy" filmlarini efirga uzatildi. Shuningdek, o`zbek telekanallarida esa "Nebo moego detstva", "Orexovoe detstvo", "Kanikul offlayn", "Jau jurek mn bala" kabi qozoq milliy filmlarining namoyishlari bo`lib o`tdi.
Tadbirning tantanali yopilish marosimi Q.Quanishbaev nomidagi qozoq davlat akademik musiqa drama teatrida bo`lib o`tdi. Unda o`zbek va qozoq milliy kuy-qo`shiqlari, raqslari ijro etildi.






