Turkiya armiyasi “Islom davlati” terrorchilik guruhining 34 nafar jangarilarini yo`q qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Terrorchilar Suriya hududidagi aviazarbalar va otishmalar oqibatida halok bo`lgan.
Turkiya armiyasining ma`lum qilishicha, harbiy operasiyalar 1 may, yakshanba kuni Suriya tomonidan Turkiyaning Kilis provinsiyasiga raketa otilishiga javoban amalga oshirilgan.
Harbiy zarbalar oqibatida IDning oltita transport vositasi va terrorchilarning oltita jangovor pozisiyasi yo`q qilingan.





