"Melaka Yunayted" futbol klubining 18 yoshli avstraliyalik darvozaboni Stefan Petrovski chaqmoq urishi oqibatida olamdan ko`z yumdi.
5 aprel kuni Malayziya klubida mashg`ulot o`tkazayotgan paytda avstraliyalik darvozabonni chaqmoq urdi. Pertovski shu kungacha koma holatida edi va 1 may, yakshanba kuni vafot etdi.
"Melaka Yunayted" iqtidorli darvozabon – Stefan Petrovskidan ajralib qoldi. Uning ota-onasi deyarli bir oy shifoxonada farzandi sog`ayishini kutdi. "Melaka Yunayted" 18 yoshli posbon vafot etganini qayg`u bilan e`lon qiladi" – deyiladi klub matbuot-xizmatida.





