O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva kecha, 1 may kuni egizaklari Islom va Imronning tug`ilgan kunlarini nishonladi. Tug`ilgan kunga xonandaning yaqinlari, do`stlari va ularning farzandlari taklif etildi. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali farzandlarining tug`ilgan kuni suratlarini taqdim etdi.
“Mening asallarim, butun qalbim va vujudum bilan sevimli o`g`illarim! Sizlarni tug`ilgan kuningiz bilan tabriklayman! Sizni Ollohim asrasin va uzoq, baxtli hayot ato etsin! Siz mening baxtimsiz”, deb yozdi Rayhon o`g`illarini tabriklab.
Avvalroq, Rayhonning turmush o`rtog`i Yigitali Mamajonov o`zining Instagram`dagi sahifasi orqali farzandlarini tabriklagani haqida xabar berilgan edi.





