Iroq poytaxti Bog`dod shahrida yuz bergan terakt oqibatida 28 kishi halok bo`ldi. Bundan tashqari, yana 38 kishi yaralangan. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda.
Portlash Bog`dod sharqida joylashgan Naxravan tumanida yuz bergan. Portlovchi moslama yuk mashinasiga joylashtirilgan edi. Portlash javobgarligini DAISh(Islom davlati) terrorchilik guruhi o`z zimmasiga olgan.
Bog`dod va unga yondosh hududlarda deyarli har kuni portlash sodir bo`ladi.





