Evropa Ligada joriy hafta bir qator uchrashuvlar bo`lib o`tdi. Evropa futbol ittifoqi (UEFA) esa an`anaga ko`ra hafta ramziy terma jamoasini e`lon qildi.
Ushbu ramziy termadan o`z jamoa g`alabasiga hissa qo`shgan va yorqin o`yinlari bilan ajralib turgan futbolchilar joy olgan.
Ular bilan tanishing:

Darvozabon: Asenxo (“Vilyarreal”).
Himoyachilar: Kucher (“Shaxtyor”), Kolo Ture (“Liverpul”), Rakitski (“Shaxtyor”).
Yarim himoyachilar: Stepanenko (“Shaxtyor”), Soriano (“Vilyarreal”), Allen (“Liverpul”), Vitolo (“Sevilya”), Suarez (“Vilyarreal”).
Hujumchilar: Gameyro (“Sevilya”), Marlos (“Shaxtyor”).





