Aktrisa Ra`no Shodieva ayni damda imkon bo`lsa o`zi va san`at uchun nimalar qilishi haqida gapirdi.
“Inson umri chegaralangan, sog`liq ham barchamizga g`animat. Agar imkon bo`lganida,10 kun faqat o`zim uchun, tashvishlarsiz yashagan bo`lardim”,—deydi aktrisa. “O`zbek aktrisasi sifatida Gollivud filmlarida suratga tushardim. Dunyo bugungi o`zbek kinosidan boxabar bo`lishini xohlayman”.





