Yangi Zelandiyalik ayol Oklend shahri kutubxonasiga 1948 yilda olgan kitobini qaytarib berdi, deb yozadi “Lenta.ru”.
Bu A.V. Rid muallifligidagi “Maori davlatining mif va afsonalari” kitobi edi.
Kitobni qaytargan ayolning ism-sharifi aytilmayapti.
Kutubxona xodimasi Zoya Korniliusning aytishicha,pensioner kitobni bolaligida olib ketgan va bu vaqt ichida uni ko`p bora qaytarmoqchi bo`lgan edi.
“U kitobni o`tgan yillar ichida bajonidil o`qib chiqqanini aytdi”,—deydi Kornelius.
Kutubxona ma`muriyati keksa ayolni kechirdi va 17 ming dollar qarzidan voz kechdi.





