Moskva yaqinidagi Korolev shaharchasidagi “Vimpel” stadionning sharqiy tribunasini buzish paytida, erkak kishining mo`miyolangan jasadi topildi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, erkak bundan to`rt oy ilgari vafot etgan. Noma`lum erkak jasadi sud-tibbiyot ekspertizasi o`tkazish uchun o`likxonaga yuborilgan.
Ayni damda jasadning shaxsini aniqlash ishlari olib borilmoqda.





