Bugun, 29 aprel kuni tavallud topgan chaqaloq bir yo`la ikki san`atkorning oilasiga quvonch olib keldi. Ulardan biri ilk bor buvi, yana biri esa otalik baxtiga sazovor bo`ldi.
Kuni kecha o`zining yakkaxon konsertini taqdim etgan xonanda Hosila Rahimova bugun buvi bo`ldi, xonandaning qizi Mohibonu qiz farzand dunyoga keltirdi. Bu xonandaning birinchi nabirasi, uning kuyovi Bahriddin Zuhriddinovning esa ilk farzandi.

Qizaloqqa yaxshi niyatlar bilan Iymona deb ism qo`yildi.
Fursatdan foydalanib, ijodiy jamoamiz nomidan san`atkorlarimizni yangi mehmon bilan muborakbod etamiz!





