AsosiyJamiyat

Yuqori Chirchiqda 26 nafar 65 yoshdan oshgan aholi buster doza bilan ixtiyoriy emlandi

'Yuqori Chirchiqda 26 nafar 65 yoshdan oshgan aholi buster doza bilan ixtiyoriy emlandi'ning rasmi

O`zbekiston bosh davlat sanitariya vrachining ko`rsatma xatiga muvofiq respublika aholisi o`rtasida koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni oshirish maqsadida 17 noyabr kunidan boshlab to`liq vaksina kursini olgan fuqarolar (2 yoki 3 marotaba emlanganlar) buster doza bilan ixtiyoriy emlanishi haqida xabar bergan edik.

Sanitariya-epidimiologiya xizmatining xabar berishicha, bu borada respublikamizning barcha hududlarida keng ko`lamli tushuntirish  ishlar olib borilmoqda. Toshkent viloyati hududlarida mutaxassislar tomonidan joylarda buster doza haqida tushunchalar berilmoqda. Viloyatning Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan "Ariran" pansionatida  30 noyabr` kuni 26 nafar 65 yosh va undan yuqori aholi "SPUTNIK LAYT" vaksinasining buster dozasi bilan emlandi.

    Boshqa yangiliklar