“Barselona” jamoasi hujumchisi Neymar 9,1 mln dollarga samolyot sotib olganligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda Globo Esporte xabar bermoqda.
Manbaning ta`kidlashicha, braziliyalik futbolchi ushbu xaridni 2015 yilning avgustida amalga oshirgan. Gap Cessna Citation 680 rusumli havo transporti haqida bormoqda. 12 kishiga mo`ljallangan samolyot soatiga 890 km.gacha tezlikda harakat qila oladi.
24 yoshli futbolchi Braziliyada soliq to`lamaganlikda ayblangan va uning bir qancha mol-mulki musodara qilingani haqida xabar qilingandi.





