AsosiyDunyo

Tramp Bayden hokimiyat tepasiga kelganidan keyin AQShning zaiflashib qolganini aytdi

'Tramp Bayden hokimiyat tepasiga kelganidan keyin AQShning zaiflashib qolganini aytdi'ning rasmi

Jo Bayden hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Qo`shma Shtatlarning dunyodagi ta`siri tarixiy eng past darajaga tushib ketdi. AQShning 45-prezidenti (2017-2021) Donald Tramp chorshanba kuni Britaniyaning  GB News telekanaliga bergan intervyusida bu haqda aytib o`tdi, deya ma`lum qilmoqda TASS. 

"Menimcha, Amerika hozir butun tarixidagi eng past nuqtada", - deydi Tramp Qo`shma Shtatlarning dunyodagi o`rni qanday degan savolga javob berib. 

Trampning so`zlariga ko`ra, u prezidentlikdan ketganidan keyin Vashingtonning zaiflashishi fonida butun dunyoda xalqaro vaziyat keskinlashgan. 

“Bizda Rossiya bilan hech qanday muammo yo`q edi. Siz esa hozirda Shimoliy Koreya va Kim Chen Inni esga ham olmayapsiz. Men ular bilan juda yaxshi munosabatda bo`lganman", -deydi Tramp AQSh endilikda Saudiya Arabistoni, Rossiya va OPEKdan neft so`rashga majbur bo`lganini qo`shimcha qilib.

Shuningdek, AQShning sobiq prezidenti Baydenning yashil energiya siyosatini tanqid qildi. Uning so`zlariga ko`ra, " mamlakat dushmanlari" AQShning neft va gaz resurslaridan to`laqonli foydalanishiga to`sqinlik qilmoqda va amerika biznesini "o`ta noqulay" ahvolga solib qo`ymoqda.

    Boshqa yangiliklar