AsosiyJamiyat

"O`zgidromet": "Bugun O`zbekistonda havo harorati keskin ko`tariladi"

'"O`zgidromet": "Bugun O`zbekistonda havo harorati keskin ko`tariladi"'ning rasmi

Bugun, 2 dekabr kunduz kuni O`zbekistonga Eron hududlaridan iliq va quruq havo kirib kelishi davom etadi. Bu haqda "O`zgidromet" ma`lumot berdi. 

Qayd etilishicha, havo haroratining keskin ko`tarilishi fonida respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Shuningdek, ayrim viloyat va tumanlarda changli bo`ron va chang g`uborlari ko`tarilishi mumkin. Respublikaning asosiy hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo 19-24° iliqgacha isiydi.

Poytaxtda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-24° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Bazi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar