O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov kuylagan duetlari va umuman duetlarga munosabati to`g`risida gapirdi.
“Bekajon” nashri jurnalisti Ozodbek Nazarbekovning kuylagan duetlari to`g`risidagi savoliga, duet uning loyihasi emasligini ma`lum qildi:
“Birorta duet mening taklifim bilan kuylanmagan. Duet borasida talab qo`ygan bo`lardimki, bitta bo`lishi kerak, u yuz yillab tinglanadigan! Shu vaqtgacha kuylagan duetlarimni “o`zbekchilik”, kimningdir iltimosini qaytara olmaslik sabab kuylaganman.”





