Osiyoning eng kuchli futbol klublaridan biri, OChLning amaldagi sohibi Xitoyning “Guanchjou Evergrand” jamoasi “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Villianni sotib olish harakatida yuribdi.
Mirror nashrining ma`lum qilishicha, “Guanchjou Evergrand” braziliyalik futbolchi uchun 65 mln evro sarflashga tayyor. Lekin “Chelsi” rahbariyati Villianni jamoaning etakchi futbolchilaridan biri sifatida e`tirof etib, unga haftasiga 155 ming funtlik maosh va yangilangan shartnoma taklif qilishni rejalashtirgan.
Xitoyliklar esa Villianga bundanda ko`proq maosh bermoqchi.





