Tailandda kuzatilayotgan issiq ob-havo 20 kishini hayotdan olib ketdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, halok bo`lganlarning 13 nafari ko`chaning o`zidayoq jon bergan.
Aprel azaldan Tailandda issiq kechadi.
Bu yil esa aprel har doimgidan ham ko`proq issiq bo`lmoqda. Mamlakatda havo harorati 40 darajani tashkil etmoqda. Bu Tailandda so`nggi 65 yil ichida kuzatilayotgan eng issiq havo harorati hisoblanadi.





