AsosiyJamiyat

Toshkentda yonib ketgan “Lacetti” bo`yicha ma`lumot berildi

'Toshkentda yonib ketgan “Lacetti” bo`yicha ma`lumot berildi'ning rasmi

Internet tarmog`ida “Lacetti” avtomobili yongani aks etgan kadrlar tarqalmoqda. 

Toshkent shahar IIBB mazkur holat bo`yicha ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, kecha, 30 noyabr kuni taxminan soat 17.30 da Yunusobod tumani Amir Temur ko`chasi va kichik xalqa avtomobil yo`li kesishmasida 73 yoshli B.B. boshqaruvidagi “Lacetti” avtomobilining (davlat raqami 01 R 578 LB) kapot osti qisqa elektr uzlishi sababli yonishni boshlagan. Haydovchi o`z vaqtida tutunga e`tibor qaratib, avtomobilni to`xtatgan va undan chiqqan.

Yong`in voqea joyiga etib kelgan yong`in xavfsizligi xodimlari tomonidan o`z vaqtida o`chirildi. Voqea tufayli hech kim jabr ko`rmagan. 

    Boshqa yangiliklar