AsosiyJamiyat

"O`zbekneftgaz muammolarini hal qilishimiz uchun gaz narxini ikki barobar oshirishimiz kerak”. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlar asossiz bo`lib chiqdi

'"O`zbekneftgaz muammolarini hal qilishimiz uchun gaz narxini ikki barobar oshirishimiz kerak”. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlar asossiz bo`lib chiqdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bahodir Sidikov: O`zbekneftgaz muammolarini hal qilishimiz uchun gaz narxini ikki barobar oshirishimiz kerak” sarlavhali xabar tarqatilmoqda. Ushbu xabarga Energetika vazirligi rasmiy munosabat berdi:

"Avvalo ushbu tarqatilayotgan xabarlar mutlaqo asossiz va yolg`on hisoblanadi. Bundan uch yil oldingi matbuot anjumanidan yulib olingan eski ma`lumot tarqalmoqda. Hozirgi vaqtda Bahodir Sidikov “O`zbekneftgaz” AJ rahbari emasligini yana bir bor eslatib o`tamiz.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi asossiz xabarlarga ishonmasliklarini so`raymiz.  

Shu bilan bir qatorda, ijtimoiy tarmoq adminlaridan bu kabi asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatganlik uchun javobgarlik borligini eslatib o`tamiz.

Shuningdek, jurnalist va blogerlardan energetika sohasiga oid har qanday ishonchli xabarlarni olish uchun Energetika vazirligi Matbuot xizmatiga bog`lanishlarini so`raymiz",–deyiladi xabarda.  

    Boshqa yangiliklar