AsosiyJamiyat

Bugun Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni

'Bugun Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni'ning rasmi

Bugun, 1 dekabr — xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni. Ushbu kunda butun dunyo bo`ylab bunday qo`rqinchli kasallik tufayli vafot etgan millionlab kishini va ularning ortida qolgan g`amgusor oilalarini yodga olinadi.  

AQShning O`zbekistondagi elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, OITS  ilk bor 1981 yili aniqlanganidan buyon, u dunyodagi har bir mamlakatni chuqur qayg`uga botirib, yo`qotishlarga olib kelgan. 

Ta`kidlanishicha, 2017 yilda O`zbekistonda taxminan 1900 kishi shu kasallik tufayli vafot etgan. OITS jahon miqyosidagi ofat ekan, unga qarshi samarali kurashish uchun xalqaro hamkorlik katta ahamiyat kasb etadi.

Sababi OITS shunday bir qotilki, u na jins, na irq, na millat va na chegara biladi. 

UNAIDS ma`lumotiga ko`ra, 2004 yildagi eng yuqori ko`rsatkichdan buyon, butun dunyoda OITS bilan bog`liq o`lim ikki baravarga kamaygan. 1996 yildan esa yangi OIV infeksiyalar 47 foizga qisqargan.

 Ayni vaqtda ham Qo`shma Shtatlar OIV/OITS haqidagi stigmani ham kamaytirish uchun ish olib borayotgani ta`kidlnadi.

 OIV/OITS gepatit yo sil singari bir infeksiya bo`lib, AQSh bu kasallikni ochiq muhokama qilishga, unga chalingan bemorlar esa qo`rquv va yo ta`qibsiz u haqda erkin gapira olishi uchun sharoit yaratishga chaqiradi. OIV va yo OITSga chalinganlarni kamsitish nafaqat inson qadr-qimmatini tahqirlash, balki ushbu pandemiyani nazorat qilishga oid global sa`y-harakatlarga ham putur etkazish demakdir.

    Boshqa yangiliklar