Parij markazida joylashgan Chanel modalar uyining butiklaridan biriga o`g`ri tushgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
O`g`irlik erta tongda (mahalliy vaqt bilan 05:30 da) sodir etilgan. O`g`rilar 360 ming evro qiymatidagi Chanel brendiga oid qimmatbaho sumkalarni o`g`irlab ketishgan. Polisiyaning ma`lumot berishicha, jinoyatchilar asosiy kirish eshigini jip avtomobili bilan urib ochishgan, keyin jipni yoqib yuborib, voqea joyidan motosiklda qochib ketishgan. Mahalliy huquq-tartibot idoralari xodimlari mazkur jinoyat yuzasidan tergov ishlarini boshlab yuborishgan.
Mart oyining boshida xuddi shunday voqea Milan shahrida ham ro`y bergan edi. Modalar namoyishi o`tkazilayotgan paytda Bottega Veneta butigida ham o`g`irlik sodir etilgan edi. Unda brendning 25 ta sumkasi o`g`irlangan. Jinoyatni fosh etish uchun kuzatuv kamerasi videoyozuvlaridan foydalanilgan.





