Belgiyaning barcha aholisiga radiasiyaga qarshi dori tarqatiladi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. Bu haqda mamlakat qirollik federal sog`liqni saqlash vaziri Meggi de Blog parlament majlisida e`lon qilgan.
Bu erda gap, tarkibida yod moddasi bo`lgan dori-darmon haqida ketmoqda, bu dorilar inson organizmida, xususan qalqonsimon bezda radiasiyaning ta`sirini kamaytirish xususiyatiga ega.
Hukumat yadro o`ektlari, birinchi navbatda atom elektr stansiyalari joylashgan hududlarda profilaktika ishlarini 20 dan 100 kilometrga kengaytirib, radiasiyaga qarshi dori-darmonlarni tarqatishni rejalashtirgan. Belgiyada AESlarning joylashuvini hisobga olib, radioaktiv zaharlanish xavfini kamaytirish maqsadida shu ishni amalga oshirish ko`zda tutilgan.
20 aprel kuni Germaniya federal atrof-muhitni himoya qilish vaziri Barbara Xendriks Belgiya hukumatiga murojaat qilib, Flandriyadagi “Dul” AES reaktorini va “Tianj” AESi aeroblogining xavfsiziligini isbotlab bermaguncha, faoliyatini to`xtatishni talab qilgan.
Bundan avval Niderland va Lyuksemburg ham Belgiya hukumati oldiga shu talabni qo`ygan edi. Bunga Belgiya AESlaridagi texnik nosozliklar, reaktorlarning avtomatik tarzda to`xtab qolishi sabab bo`lgan.





