“UzAuto Motors” AJ 2021 yilning noyabr-dekabr oylarida avtomobil etkazib berilishini kutayotgan xaridorlar uchun muhim yangilikni e`lon qildi. Unga ko`ra, kompaniya avtomobilni etkazib berish bo`yicha ilgari tuzilgan shartnomaning 1.2 bandiga mos ravishda shartnomaga 3.1.1 bandni kiritishga majburligini ma`lum qiladi
Boshqacha aytganda, “UzAuto Motors”ga bog`liq bo`lmagan holatlar tufayli, yarimo``tkazgichlardan tayyorlangan butlovchi qismlar etishmovchiligi hamda global logistika muammolari sababli, kompaniya 3.1.1 bandini qo`llashga hamda 3.1 bandda ko`rsatilgan avtomobillarning etkazib berish muddatini 2 oyga uzaytirishga majbur.
“UzAuto Motors” ushbu ekstremal chora iste`molchilar tomonidan to`gri tushunilib qabul qilinishiga umid qilmoqda.
"Hurmatli xaridorlar, sizni ishontirib aytamizki, uzoq kutilgan avtomobilingizni imkon qadar tezroq olishingiz uchun qo`limizdan kelgan barcha imkoniyatlarni qilamiz", - deyiladi xabarda.






