“Chelsi” jamoasi sobiq ustozi Joze Mourino “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi bo`lishi oydinlashdi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Mankunianlar bosh murabbiyi Lui van Galning amaldagi shartnomasi 2017 yilga qadar mo`ljallangan bo`lishiga qaramay, rahbariyat gollandiyalik mutaxassisning qayd etayotgan natijasidan norozi.
Eslatib o`tamiz, “Manchester Yunayted” Angliya chempionatida 5-o`rinda bormoqda. Shuningdek, jamoa Angliya Kubogi finalida ham o`z omadini sinab ko`radi.





