O`zbekistonlik internet foydalanuvchilarining aksariyati Facebook yoki “Odnoklassnikov” ijtimoiy tarmog`idan foydalanadi. O`zbek tilida ham shu kabi ijtimoiy tarmoqlar borligini ko`pchilik bilmasa kerak, deb yozadi ICT News.
Nashrning ma`lum qilishicha, hozirda O`zbekistonda 38 ta ijtimoiy tarmoq bo`lib, ulardan 8 tasi ishlaydi.
O`zbek dasturchilari yana bir o`zbek tilidagi ijtimoiy tarmoqni yaratdi. U Davra.uz deb nomlanadi. Ijtimoiy tarmoqdan uch til ya`ni o`zbek, rus va ingliz tillarida foydalanish mumkin.





