AsosiyJamiyat

Sun`iy intellekt sohasida maxsus rejim tashkil etiladi

'Sun`iy intellekt sohasida maxsus rejim tashkil etiladi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Sun`iy intellekt texnologiyalarini qo`llab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yo`lga qo`yish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq maxsus rejim IT-parkning alohida bo`g`ini bo`lib, u erda alohida huquqiy engilliklar yaratiladi va yuridik shaxslar va ilmiy tashkilotlar tomonidan dasturiy mahsulotlar tajribadan o`tkaziladi va amaliyotga joriy qilinadi.

 Maxsus rejim ishtirokchisi bo`lish uchun talabgorlar IT-parkning maxsus veb-platformasi orqali ariza topshiradi.

Arizalar Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 5 ish kunida dastlabki texnik ekspertizadan o`tkaziladi.

 Ekspert kengashi va Muvofiqlashtirish komissiyasi xulosalari asosida vazirlik talabgorlarni ishtirokchi sifatida ro`yxatga olish yoki ro`yxatga olishni rad etish to`g`risida qaror qabul qiladi.

 Maxsus rejim ishtirokchilari o`z xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashga sarflangan xarajatlari davlat tomonidan kompensasiya qilinadi.

Shuningdek ishtirokchilarga tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan ma`lumot hamda hujjatlarni, shaxsga doir egasizlashtirilgan ma`lumotlarni vazirlik, idora va tashkilotlardan olish huquqi beriladi.

    Boshqa yangiliklar