AsosiyJamiyat

SSV tizimi shifokorlari zimmasiga 18 yoshgacha bo`lgan bolalarga nogironlikni belgilash bo`yicha yuklatilgan qo`shimcha funksiyalar bekor qilindi

'SSV tizimi shifokorlari zimmasiga 18 yoshgacha bo`lgan bolalarga nogironlikni belgilash bo`yicha yuklatilgan qo`shimcha funksiyalar bekor qilindi'ning rasmi

Prezidentimizning shu yil 27 noyabrda qabul qilingan «Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori asosida

2021 yil 1 dekabrdan:

shaxs sog`lig`ining holatiga ko`ra, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga borish imkoniga ega bo`lmagan holatda nogironlikni belgilash biriktirilgan hududlarga chiqib ko`chma majlislarda, shaxsning uyida yoki davolanishda bo`lgan stasionarda hamda sirtdan ko`rikdan o`tkazish orqali tashkil etiladi;
 


 

nogironlik belgilari aniq ko`rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo`lgan shaxslarni klinik-funksional ma`lumotlarni olishga doir qo`shimcha tekshiruvdan o`tkazmasdan turib, tasdiqlangan kasalliklar ro`yxati asosida fuqaro ishtirokisiz ular nogironligi bo`lgan shaxs deb topilganda nogironlik muddatsiz davrga belgilanadi;
 


 

tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan nogironlik to`g`risidagi ma`lumotnomalarda nogironligi bo`lgan shaxslarning ishlashi mumkin bo`lgan kasblar bo`yicha tavsiyalar beriladi.
 


2022 yil 1 avgustdan:

 Toshkent shahrida, 2023 yildan respublikaning boshqa barcha hududlarida nogironligi bo`lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va ko`rikdan o`tkazishning yangi «Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza» elektron axborot tizimi joriy etiladi.

Qarorga ko`ra, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tashkil etilib, shu munosabat bilan Sog`liqni saqlash vazirligi tizimining shifokorlari zimmasiga 18 yoshgacha bo`lgan bolalarga nogironlikni belgilash bo`yicha yuklatilgan qo`shimcha funksiyalar bekor qilindi.

    Boshqa yangiliklar