Fransiyaning “Lion” jamoasi hujumchisi Aleksandr Lyakazett o`z faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
L’Equipe nashrining ma`lum qilishicha, kataloniyaliklar 24 yoshli futbolchiga qiziqish bildirgan. “Barselona” murabbiylar shtabi Lyakazettni Messi-Suares-Neymar triosi vakillaridan biri jarohat olganda o`rnini bosa oladigan futbolchi sifatida e`tirof etmoqda.
Avvalroq kataloniyaliklar “Sevilya” hujumchisi Kevin Gameyroni sotib olmoqchi edi, lekin ular bor e`tiborni fransiyalik futbolchiga qaratadi.
24 yoshli fransiyalik futbolchiga, shuningdek, “Vest Xem” va “Tottenxem” klublari qiziqishmoqda.
Aleksandr Lyakazett joriy mavsumda 40 o`yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo`ldi.





