“Atletiko” va “Barselona” klublari o`rtasidagi Evropa Chempionlar ligasi 1/4 final javob uchrashuvini boshqarib borgan italiyalik hakam Nikola Rissoli o`yinning so`nggi daqiqalarida “Barselona” foydasiga penalti belgilamagani xato ekanini tan oldi.
“Himoyachining oyog`i jarima maydonchasi tashqarisida turgani uchun ushbu vaziyatda ikkilandim. Agar futbolda texnologiyalardan foydalanish mumkin bo`lganida, bunday xatolik bo`lmasdi. Futbolda deyarli barchasi soniyalarda hal bo`ladi.
Maxsus texnologiya bo`lsa, har bir futbolchining harakatiga aniq baho berish mumkin bo`lardi. 93-daqiqaga qadar o`yinni bexato boshqardik. Yagona xato ishimizga bo`lgan bahoni pasaytirdi”, – deydi Rissoli.





