O`zbekiston va Qoraqalpog`iston respublikasi xalq artisti Ozodbek Nazarbekov birinchi raqamli san`atkorligi haqidagi savolga javob berdi.
“Bekajon” nashri jurnalistining birinchi raqamli san`atkor bo`lish qiyinmi yoki oson, degan savoliga Ozodbek Nazarbekov quyidagi javobni qaytardi:
“Birinchi raqamli demang, keling, yaxshisi, ikkidan boshlaylik... Yo uchdanmikan? O`sha uch men bo`lsam kerak. Birinchi raqamli bo`lish juda katta mas`uliyat. Qo`shiqlarim ommaning og`ziga tushmay qolsa, reytingim sal tushganini sezaman. San`atkorning mavqeini uning hatti-harakati tushiradi. Xalq tilida aytganda, “o`zidan ketish” san`atkorning yillab topgan obro`yini bir kunda yo`qotishi mumkin.”





