Germaniyaning Drezden shahri aholisi mamlakat kansleri Angela Merkelning muhojirlar bo`yicha siyosatiga qarshi namoyishlar o`tkazmoqda, deb xabar beradi “Vesti” nashri.
Uch yarim ming nafar kishi Drezden shahri markaziy ko`chalari bo`ylab yurib, Angela Merkelning iste`foga chiqishini talab qildi.
Shuningdek, namoyish uyushtirganlar fikricha, amalda ishlamayotgan Evro Ittifoq va Turkiya bitimi ham tanqid ostiga olindi.
Aholini bir necha yuzlab polisiyalar nazorat qilib bordi. Miting tinch yo`l bilan bartaraf etildi. Namoyish so`ngida fuqarolar Germaniya madhiyasini ijro etib, uylariga tarqaldi.





