Turkiya Superligasining navbatdagi turida “Trabzonspor” jamoasi o`z maydonida “Fenerbahche” futbolchilarini qabul qildi. Uchrashuvning 89-daqiqasida tarktibsizliklar tufayli uchrashuv to`xtatildi, deya xabar beradi Sportarena nashri.
Uchrashuvning 87-daqiqasida “Fenerbaxche” 4:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Ushbu mag`lubiyatdan alamda bo`lgan “Trabzonspor” jamoasi muxlislari maydonga chiqib, tartibsizliklarni keltirib chiqarishdi. 90 nafar kishidan iborat guruh hakamlar brigadasiga hujum qilganligi ma`lum qilinmoqda. G`azabda bo`lgan “Trabzonspor” muxlislari uchrashuv hakamini do`pposlashdi. Unga qanchalik jiddiy zarar etkazilgani hozircha noma`lum.
Maydonda vaziyat o`nglanguniga qadar har ikki jamoa futbolchilari kiyinish xonasiga kirib ketgan edi.
Ta`kidlash kerakki, mazkur uchrashuvda Alper Potuk, Volkan Shen, Luish Nani va Robin van Persi gol kiritgan edi. Uchrashuv qachon davom ettirilishi ma`lum qilinmagan.





